Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Yig’ilishda Urganch shahridagi Maxsus tibbiyot industrial parkiga 50 million dollarlik 12 ta loyiha joylashtirilishi qayd etildi.
Yil yakuni bilan farmatsevtika korxonalari sonini 26 taga, mahsulot turini 50 taga yetkazish muhimligi taʼkidlandi.
Umuman, aytilgan imkoniyatlardan foydalanib, viloyatga 1,5 milliard dollar sarmoya, shundan 1 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish, 600 million dollar eksportni amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 11,5 trillion so‘m kredit yo‘naltirilishi belgilandi. Bu mablag‘larni samarali ishlatish uchun har bir tuman va shaharni kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlanadi.
Xorazmda Xitoy tajribasi asosida “uy sanoati” rivojlantiriladi. Masalan, Bog‘ot, Yangiariq, Yangibozor, Qo‘shko‘pir va Urganch tumanlarida jun va pillani qayta ishlash salohiyati katta, Hazorasp, Xiva, Tuproqqalʼa va Xonqada qo‘l mehnati asosida gilam to‘qish ommalashgan
Ushbu tumanlarda ipakchilik va gilamchilik kooperatsiyalari tashkil qilinib, kamida 10 mingta oila o‘qitiladi. Ularga 100 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi. Bu tarmoqqa viloyat bo‘yicha joriy yilda qo‘shimcha 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.